Nesterov va Kapadze O'zbekiston rekordini takrorlashdi!

Narzulla Saydullayev
19 noya 2017, 16:11
"Lokomotiv"ning ikki futbolchisi bu yil 12-bor O'zbekiston chempioni bo'ldi.

Darvozabon Ignatiy Nesterov "Paxtakor" va "Bunyodkor" safida jami 10 marta chempionlikka erishgan edi.

Yarim himoyachi Timur Kapadze esa "Neftchi", "Paxtakor" va "Bunyodkor" tarkibida 10 bor chempion bo'lgandi. Ikkala futbolchi o'tgan yil "Lokomotiv" safida 11-marta mamlakat chempionatining oltin medallariga ega chiqishgandi.

Shu tariqa Nesterov va Kapadze O'zbekiston chempioni bo'lish borasida mutloq rekordchi Anvar Solievga yetib olishdi. "Navbahor" sport direktori bo'lib ishlayotgan Soliev yurtimizda birinchi bo'lib 12 marta O'zbekiston chempioni nomiga sazovor bo'lgan.


 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia