Nesterov, To'xtaxo'jaev, Bikmaev va Jeparov bugun o'ynamaydi

Narzulla Saydullayev
24 avg 2016, 13:21
Bugun O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda Burkina-Faso terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.

Ushbu bahsda "Lokomotiv" klubining to'rt nafar futbolchisi ishtirok etmaydi.

Ignatiy Nesterov, Islom To'xtaxo'jaev, Marat Bikmaev va Server Jeparov kecha klub safida OCHL chorak finali doirasidagi "Al Ayn"ga qarshi o'yinda ishtirok etishdi.

Bu futbolchilar 1 sentyabr kuni Suriyaga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'rishadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia