Nesterov bugun yangi jamoasi safida debyut qilishi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
3 fev 2019
O'zbekiston terma jamoasi darvozaboni Ignatiy Nesterov bugun "Ohud" safidagi ilk uchrashuvda maydonga tushishi mumkin.

Jamoa bugun Saudiya Arabistoni chempionatining 18-turi doirasida "Al Ittifoq"ni qabul qiladi. Aynan mazkur bahs hamyurtimiz uchun yangi jamoasi safidagi dastlabki uchrashuv bo'lishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, 27 yanvar kuni darvozabon saudiyaliklar bilan shartnoma imzolagani haqida xabar qilingandi.

"Ohud" - "Al Ittifoq" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 22:15 da start oladi.



Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia