Nematullo Qutiboev: "Orol"ning ertasi haqida hech nima deya olmayman"

Narzulla Saydullayev
18 sen 2013
Birinchi liga ishtirokchisi Nukusning "Orol" jamoasining ikkinchi bosqichida qayd etgan natijasiga xavas qilib bo'lmaydi.
Jamoa o'tkazilgan 8ta o'yinda atiga 1 ochko ishladi xolos. Aytishlaricha bunga yuzaga kelgan moliyaviy muammo sabab bo'lgan. Shu bois yaqinda "Orol"ning birinchi ligadagi ishtirokini to'xtatishi xususida gaplar tarqay boshladi. Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida, bosh murabbiy Nematullo Qutiboev bilan a'loqaga chiqdik.

- Orolning ertasi haqida hozir sizga hech nima deya olmayman. Shu bois jamoamizning ishtiroki yana davom etadimi yo'qmi, bu haqda ham tayinli gap aytishim qiyin, - deydi Qutiboev. To'g'ri, ikkinchi bosqichning dastlabki qismida qayd ettgan natijamiz, maqtagulik darajada bo'lmadi. Lekin bilasizmi, ikkinchi bosqichga tayyorgarlik ham yaxshi o'tmagandi. Futbolchilarning jismoniy xolati, bitta bo'limda o'ynashgagina etardi. Shu bois ko'plab qimmatli ochkolarni boy berdik.

- Jamoangizning vodiyga, aniqrog'i, "Andijon" bilan "Qo'qon-1912"ga qarshi kechgan bahsiga katta qiyinchilik bilan yetib borganidan xabarimiz bor. "Orol" endi yana ikki turni vodiyning boshqa jamoalariga qarshi o'tkazadi. Shunday ekan Namanganga borish imkoniyatinglar qanday?
- Aytdim-ku, hozir hech nima deya olmayman. Ertaga qanaqa sharoit bo'lishini ochig'i bilmaymiz.... Hammasini vaqt ko'rsatadi.


Asilbek Mamarasulov suhbatlashdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia