Nematillo Quttiboev: “Chetlatish o'yin natijasiga ta’sir ko'rsatdi”

Administrator
11 sen 2024
Pro-liganing 19-turidan o'rin olgan “Sho'rtan” - “Aral” (4:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Nematillo Quttiboev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Birinchi navbatda “Sho'rtan” jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Ular haqli g'alabaga erishishdi. Nazarimda, qizil kartochka ikkinchi bo'limda o'yinimizga ta’sir qildi.

- Futbolchi qizil kartochka olganida sizda qanday hissiyotlar o'tdi?

- Hozir bu borada biron fikr aytish qiyin. Jarayonni ko'rish kerak. Hakam kartochka ko'rsatgan bo'lsa, demak vaziyat shunga yarasha bo'lgan.

- Jamoangiz o'yinni 2 ta hujumchi bilan boshladi. Lekin mezbonlar yirik hisobda g'alabaga erishishdi. Bunga qanday izox berasiz?

- Qarshi hujumlarda gol o'tkazib yubordik. Vaziyat shunaqa bo'lib qoldi.

- Mag'lubiyatga jismoniy toliqish ham sabab bo'ldi deb o'ylaysizmi yoki qizil kartochkami?

- Ko'proq qizil kartochka sabab bo'ldi deb o'ylayman.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia