Nemanya Yovanovich: "Bunyodkor" yaxshiroq o'ynagani uchun yutdi"

Narzulla Saydullayev
21 iyun 2016
"Andijon" hujumchisi Nemanya Yovanovich "Bunyodkor"ga qarshi bahsdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

"Ikkita xato tufayli gol o'tkazib yubordik. To'g'ri ular yaxshiroq o'ynashdi. Bunday jamoalarga qarshi o'yinlarda yarimta imkoniyatdan ham gol urish kerak, biz esa vaziyatlarni ko'kka sovurdik".

"Bunday issiqda o'ynash og'ir, ammo ikkala jamoa bir xil sharoitda o'ynadi. Ob-havo bahona bo'la olmaydi, raqib yaxshiroq o'ynagani uchun yutdi".

"Jamoada turli davrlar bo'ladi. Hozir bizda hech nima o'xshamayapti. Agar mehnat qilishda davom etsak g'alabalar keladi", - deydi Nemanya Yovanovich.


Marat Aksanov


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia