
Hal qiluvchi so'nggi turda "Neftchi" kichik 1:0 hisobida mag'lub etildi. O'yindagi yagona g'alaba goliga Asilbek Qayumov mualliflik qildi. Uchrashuvdan so'ng iqtidorli futbolchining fikrlari bilan qiziqdik.
"Ikki jamoa ham g'alabaga mos ravishda harakat qildi. Omad biz tomonda bo'ldi. Gol urishga o'zimda kuch topa oldim. Olloxning o'zi bizni qo'lladi. Gol urib g'alaba keltirganimdan xursandman. Muxlislar oldida yuzimiz yorug' bo'ldi. Ularga katta rahmat aytmoqchiman. Superligada ham chempionlikni qo'lga kiritish nasib qilsin. Jamoamiz hamisha oldiga chempionlikni maqsad qiladi. O'zimning maqsadim Eldor Shomurodovga o'xshab Yevropada to'p tepish va ota-onamni xursand qilish",- deydi Asilbek Qayumov.