"Neftchi" xorijda o'ynagan o'zbekistonlik yarim himoyachi bilan shartnoma tuzadi

Narzulla Saydullayev
11 iyul 2024
O'zbekistonlik yarim himoyachi Quvondiq Ro'ziev faoliyatini Farg'onada davom ettiradi.

Malayziyaning "Sri Paxang" klubi Quvondiq Ro'ziev bilan shartnoma bekor qilinganini e'lon qildi. Malayziya klubining instagramdagi sahifasida Ro'ziev "Neftchi"ga o'tayotgani bois uni qo'yib yuborgani haqida yozgan.

Ma'lumot uchun, Ro'ziev bir yil davomida "Sri Paxang" safida barcha musobaqalarda 19 ta o'yinda maydonga tushib 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Oldinroq "Neftchi" O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Azizbek Amonovni ham o'z safiga qo'shib olishga yaqinligi haqida xabar bergandik



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia