

Bugun esa jamoa a'zolari tatildan qaytib, 18 oktyabr sanasida bo'lib o'tadigan vodiy derbisi ("Neftchi"-"Navbaxor" uchrashuvi)ga puxta tayyorgarlik ko'rish uchun keng ko'lamdagi qurilish va ta'mirlash ishlari olib borilib, qayta ta'mirdan chiqqan muhtasham "Istiqlol" stadionida ochiq mashg'ulot o'tkazdi.
Mashg'ulotlardan oldin esa jamoa rahbariyati, jumladan Farg'ona shaxar hokimligi mutasaddilari , Farg'ona futbol associaciyasi rahbariyati, klub rahbariyati va muxlislar yangi ta'mirdan chiqarilgan "Istiqlol" stadionida jamoa yuksalishi va rivoji uchun qilingan ishlar xayrli bo'lishini, mavsumdagi ko'rsatkichlari yuqori bo'lishligi va ushbu arena futbolimizning yanada rivoji va g'alabali natijalar davomli bo'lishini niyat qilgan xolda Quron tilovat qilinib, qo'y so'yilib ehson qilindi.
Quyida ushbu voqeliklardan fotosuratlarni taqdim etamiz.













