"Neftchi" havorang, "Bunyodkor" ko'k rangli futbolkada o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
16 mar 2018
Bugun "Istiqlol" stadionining majlislar zalida Superliga 3-tur doirasida bo'lib o'tadigan “Neftchi” - “Bunyodkor” uchrashuvi oldidan har ikkala klub rasmiylari ishtirokida ananaga ko'ra yig'ilish o'tkazildi.

Ushbu yig'ilishni PFL vakillari S.Ermatov  va SH.Rajabovlar olib borishdi.

Unda ertaga bo'lajak uchrashuvdagi tashkiliy masalalar ko'rib chiqildi va bajarilishi zarur bo'lgan masalalar belgilab olindi.

Yig'ilish so'nggida ertangi “Neftchi” - "Bunyodkor" uchrashuvida jamoalar qanday liboslarda maydonga tushishi haqida ham o'zaro kelishib olindi.

Demak, ertaga “Neftchi” futbolchilari  moviy rangli liboslarda maydonga tushadi. “Bunyodkor” jamoasi futbolchilari esa  to'q ko'k rangli liboslarda maydonda harakatlanadilar.

Eslatib o'tamiz, “Neftchi” - "Bunyodkor"  uchrashuvi ertaga  markaziy “Istiqlol” stadionida soat 18:00 da boshlanadi.

Uchrashuvdan avval esa xush ovoz xonandalar ijrosida madaniy va badiiy koncert dasturi bo'lib o'tadi!


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz