"Neftchi" futbolchisi Doston Toshmatovning diskvalifikaciyasi tugadi

Narzulla Saydullayev
10 may 2021
"Neftchi" futbolchisi Doston Toshmatov o'tgan mavsum yakunidagi ko'ngilsizlik sabab Tartib-intizom qo'mitasi tomonidan 10 ta uchrashuvga chetlashtirilgandi.

Bugungacha mana shu diskvalifikaciya o'z yakuniga etdi.

Toshmatov Neftchining Superliga yo'llanmasi uchun kechgan Andijonga qarshi uchrashuvini qo'yib yuborishdan tashqari, joriy mavsum Pro liganing 6 ta hamda kubokning 3 ta uchrashuvida ham ishtirok etmadi. Ayni vaqtda "Neftchi" futbolchini "Sho'rtan"ga qarshi uchrashuv qaydnomasiga kiritish huquqiga ega", - deb yozadi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanalida.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia