Ndombele faoliyatini Ispaniya yoki Germaniyada davom ettirishi mumkin

Alisher
21 avg 2021
"Tottenxem" yarim himoyachisi Tangi Ndombele yozgi transfer oynasi so'nggiga qadar jamoadan ketishi mumkin.

Fransiyalik futbolchi Ispaniya yoki Germaniyaga yo'l olmoqchi.

"Shporlar" bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu Tangining dam olish kunida "Vulverxempton" bilay o'ynamasligini tasdiqladi.

"Men siz bilan rostgo'y bo'laman, Tangi yakshanba kuni ishtirok etmaydi", - deydi Nunu.


AlisherMuallif
Manba: The Athletic