Nazorat uchrashuvi. "Paxtakor" Superliga ishtirokchisiga aylangan "Dinamo"ni mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
25 fev 2019
Toshkentda yig'in o'tkazayotgan “Dinamo” jamoasi bugun, dushanba kuni yaqinda OCHL guruh bosqichiga chiqqan “Paxtakor” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

“Paxtakor” stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar murabbiyi Shota Arveladze ham, mehmonlar ustozi Davron Fayziev ham bir qator futbolchilarni sinovdan o'tkazdi.

Tengkurashlar ostida kechgan bahsda “Paxtakor” hujumchisi Igor Sergeev tomonidan kiritilgan yagona gol nazorat bahsida Toshkent klubiga g'alaba keltirdi.

“Dinamo” navbatdagi nazorat uchrashuvini 28 fevral kuni Navoiyning “Qizilqum” klubiga qarshi o'tkazadi.

25 fevral (dushanba)

“PAXTAKOR” – “DINAMO” – 1:0

Gol:
Igor Sergeev, 43.

“Paxtakor”: Hamroev, Salimov, Ahmadov, Asqarov, Kozak, Rahmatullaev, Sobirxo'jaev, Abdurahimov, Sidiqov, Yaxshiboev, Sergeev

2-bo'lim: Ergashev, Iminov, Sindarov, Mahmudhojiev, Muxtorov, Yo'ldoshev, Roziev

“Dinamo”: Shohruh Eshbo'taev, Mirkomil Lokaev, Akmal Xolmurodov, Hakimxon Alamxonov, Avaz Agaliev, Komil Sharofiddinov, Bobur Qosimov, Damir Temirov, Sardor Eminov, Vohid Shodiev, Amirjon Safarov

2-bo'lim: 
Shohruh Raimov, Sherzod Jalilov, Jasur Urinov, Obid Hakimov, Karimov, Nizom Norov, Temur Sharipov.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcdinamo.uz