Naynggolan Chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kirita olmagan "Chelsi"ga o'tmoqchi emas

Aslanov Jasurbek
15 apr 2016
"Roma" yarim himoyachisi Raja Nainggolan "Chelsi"ga o'tishga qiziqmayapti.

Ma'lumotlarga ko'ra, bunga sabab londonliklarning joriy mavsumdagi muvaffaqiyatsiz ishtiroki hisoblanadi. Aristokratlar APLda Chempionlar ligasi yo'llanmasini beruvchi to'rtlikka kira olmadi.

Angliya chempionati turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.

Italiya chempionati turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.

Oldinroq "Chelsi" belgiyalik uchun 35 mln. evro taklif qilganini, ammo "Roma" 45 mln. evro talab qilayotganini e'lon qilgan edik.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com