Urganch shahrida “Navruz Cup” turnirning g'olib va sovrindorlari aniqlandi

Narzulla Saydullayev
27 mar 2023
Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasi stadionida Xorazm viloyati Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi hamda viloyat futbol associaciyasi hamkorligida “Navruz cup” xalqaro futbol turniri o'tkazildi.

Deyarli bir hafta davom etgan mazkur musobaqada 2007-2008 va 2009-2010 yillarda tug'ilgan yosh “charm to'p” ustalari g'oliblik uchun to'p tepishdi. Davraviy tizimda tashkil etilgan ushbu turnir yakuniga ko'ra, yosh toifasi bo'yicha quyidagi jamoalar g'olib va sovrindor bo'ldi.

2007-2008 yillarda tug'ilganlar birinchiligi. 1-o'rin. Urganch OPSTTM (Xorazm viloyati). 2-o'rin. Qashqadaryo viloyati. 3-o'rin. “New stars” (Toshkent shahri).

2009-2010 yillarda tug'ilganlar birinchiligi. 1-o'rin. Surxondaryo viloyati. 2-o'rin. “Bunyodkor” (Toshkent viloyati). 3-o'rin. “Yoshlik” (Xorazm viloyati). 3-o'rin. Navoiy viloyati.

Turnirning yopilish marosimida g'olib va sovrindor jamoalar, ularning futbolchilari tashkilotchilar tomonidan tegishli darajada taqdirlandilar.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia