"Navbahor"ning yangi legioneri jamoa mashg'ulotlariga qo'shildi

Mirjalol Normatov
11 fev 2021, 23:45
"Navbahor" futbolchilari Turkiyaning Belek shahridagi o'quv-mashg'ulot yig'inini davom ettirishmoqda.

“Lochinlar”ning mashg'ulotiga serbiyalik 32 yoshli tajribali hujumchi Slavisha Stoyanovich qo'shildi.

Bugungi ertalabki mashg'ulot oldidan “Navbahor” bosh murabbiyi No'mon Hasanov Slavisha Stoyanovichni jamoamiz a'zolariga tanishtirdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Навбаҳор" матбуот хизмати