"Navbahor"ning barcha a'zolari koronavirusga test topshirishdi

Narzulla Saydullayev
22 iyul 2020
Xabaringiz bor, O'zbekiston Professional futbol ligasi (O'zPFL) Coca Cola Superliganing 10-tur uchrashuvlarini bir hafta muddatga orqaga surdi hamda barcha jamoalar koronavirusga qarshi test topshirishlarini ma'lum qildi.

Shunga amal qilgan holda, ikki kun davomida Namangan viloyat sanitariya –epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlari “Navbahor” klubi qarorgohiga tashrif buyurib, 20 iyul kuni “Navbahor” – U-21 yoshlar jamoasi murabbiylar shtabi va futbolchilari, 21 iyulda esa “Navbahor” klubi rahbariyati, jamoaning asosiy tarkibi murabbiylar shtabi hamda futbolchilaridan koronavirusga qarshi test olishdi.

Shifokorlarning takidlashlaricha, test natijalari 1 yoki 2 kun muddatda aniq bo'ladi.


“Navbahor” PFK matbuot xizmati.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz