

Bundan biroz vaqt oldin yakunlangan uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etildi. Uchrashuvning birinchi bo'limida mezbonlar hisobni ochishga erishishgan bo'lsa tanaffusdan keyin Shohjahon Abbosov bahsni durang natija bilan yakunlanishini taminladi. Ushbu o'yinda murabbiylar “Qo'qon-1912” jamoasi bilan o'tgan so'nggi turda maydonga tusha olmagan asosiy tarkib a'zolari Murod To'ychiboev, G'ayrat Jo'raev, Vladislav Aleksin kabi futbolchilarga ham imkon berishdi.
Uchrashuvda jamoamiz tarkibi quyidagicha bo'ldi: Mirzoxid Mamatxonov, Javohir Olimjonov, Murod To'ychiboev, G'olibbek Karimov, Azizbek Mamazoyitov, Bilol Sharofiddinov, Azizbek Turg'unboev, G'ayrat Jo'raev, Ahmad Mamadaliev, Vladislav Aleksin, Shohjahon Abbosov. Zaxiradan maydonga tushganlar: Shahzod Hamidov, Islom Abduqodirov, Ibrohim Ismoilov, Ilhom Aliboev, Abdulaziz Jalilov, Xusan G'aniev.



