"Navbahor" va "Turon" Qozog'iston vice-chempioni bilan o'ynaydi

Sherzod Nurmatov
4 fev 2023
Yangi mavsumga Antaliyada tayyorgarlik ko'rayotgan o'zbek klublari "Aktobe"ga qarshi maydonda saf tortadi.

Ma'lumotlarga qaraganda, "Navbahor" 6 fevral kuni "Aktobe"ga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi. Oradan 2 kun o'tib "Turon" ham mazkur raqib bilan nazorat bahsida maydonga tushadi.

Bungacha "Navbahor" 5 ta o'rtoqlik o'yini o'tkazishga ulgurdi. Jumladan, "Nijniy Novgorod" (1:0), "Septemvri" (4:2), "Enisey" (1:0) mag'lub etilgan bo'lsa, "Radnik" (0:1), "Rubin"ga (0:6) imkoniyat boy berildi.

 "Turon" esa Serbiyaning "Edinstvo UB" klubiga qarshi bahs olib borib, minimal g'alabaga (1:0) erishgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia