"Navbahor" Ukraina premer-ligasi vakili bilan durang o'ynadi

Narzulla Saydullayev
13 fev 2020
O'z o'quv - mashg'ulot yig'inini Turkiyada olib borayotgan Namanganning “Navbahor” jamoasi mazkur yig'in doirasidagi to'rtinchi nazorat – sinov bahsini Ukraina Premer-ligasi vakili – Kovalyovkaning “Kolos” klubiga qarshi o'tkazdi.

Belek shahridagi “Suena” stadionida bo'lib o'tgan mazkur o'yinda hisob ochilmadi – 0:0.

Ushbu bahsda "Navbahor" bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis maydonga quyidagi futbolchilarni tushirdi: O'tkir Yusupov, Tornike Jimsheleishvili, Igor Golban, Xurshid Muxtorov, Mirzohid G'ofurov, Amirbek Jo'raboev, Ivan Solovyov, Islom Rashidxonov, Abbos G'ulomov, Azizbek Turg'unboev, Zabihillo O'rinboev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Mirkomil Lokaev, G'iyosjon Komilov, Javlon Ibrohimov, Islom Isoqjonov, Abdulhay Ismoilov, Ruslan Bolov.

Eslatib o'tamiz, namanganliklar oldingi o'rtoqlik bahslarida Turkmanistonning “Axal” klubini 1:0, Serbiyaning “Rad” jamoasini 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratib, Qozog'istonning “Jetisu” klubi bilan 1:1 hisobidagi durangga imzo chekishgandi.

“Navbahor” Turkiyada yana 2ta nazorat-sinov o'yinlari o'tkazadi.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz