"Navbahor" uchun yomon xabar! "Al Ittihod"ning asosiy yulduzi mashg'ulotlarga qaytdi

Aslanov Jasurbek
6 fev 2024
15 fevral kuni "Navbhor" OFK Chempionlar ligasi nimchorak final birinchi o'yinlari doirasida Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" klubini qabul qiladi.

Ushbu bahsga 10 kun qolganda "Al Ittihod"dan ko'ngli to'lmayotgan va Yevropaga qaytishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan Karim Benzema uzoq tanaffusdan so'ng Saudiya Arabistoni klubi mashg'ulotida ko'rinish berdi.


"Al Ittihod"ning Instagramdagi sahifasi ushbu suratlar bilan bo'lishdi.


Oldinroq, Benzema "Al Ittihod" tarkibi kuchayishini xohlayotgani haqida xabarlar chiqqan edi.


"Navbahor" - "Al Ittihod" uchrashuvi 15 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 19:00da start oladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia