"Navbahor" sobiq bosh murabbiyi qirg'iz jamoasini boshqaradi

Sherzod Nurmatov
14 dek 2023
Andrey Kanchelskis Qirg'iz Respublikasining "Muras Yunayted" klubi ustoziga aylanadi.

Tomonlar kelishuvning barcha tafsilotlarini muhokama qilib olishdi. Bu haqda "Sport-Ekspress" xabar berdi.

Kanchelskis tez orada Qirg'iz Respublikasiga uchib boradi va 2024 yil oxirigacha amal qiladigan shartnomaga imzo chekadi.

"Muras Yunayted" o'tgan mavsum Qirg'iz Respublikasi chempionatida 42 ochko jamg'arib, 5-o'rinni egallagan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Спорт-Экспресс