"Navbahor" Panshanbe jamoani tark etganini tasdiqladi

Оқил Абдубарноев
11 iyul 2022
"Navbahor"ning tojikistonlik 23 yoshli yarim himoyachisi Ehsoni Panshanbe jamoani tark etdi.

Futbolchi faoliyatini Eronning “Zob Axan” klubida davom ettiradigan bo'ldi. Panshanbe “Navbahor” tarkibiga 2020 yilning 2-davrasida Tojikistonning “Istiqlol” klubidan kelib qo'shilgandi. 

Tojikistonlik yarim himoyachi O'zbekiston Coca Cola Superligasi bahslarida “lochinlar” tarkibida 43 ta o'yinda maydonga tushib, 2723 daqiqa to'p tepgan holda, raqiblar darvozasiga 2 ta gol urib, 2 ta golga assistentlik qildi. Joriy mavsumda Ehsoni 7 ta o'yinda maydonga tushib, 75 daqiqa o'ynadi. 

Avvalroq Championat.asia sayti Panshanbening klubdan ketgani haqida xabar bergandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Навбаҳор" ФК матбуот хизмати