"Navbahor" nega "Metallurg"ni yuta olmadi? Mo'minjonov emas sport direktori javob beradi

Narzulla Saydullayev
24 sen 2018
“Navbahor” – “Metallurg” (0:0) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Navbahor” sport direktori Anvar Soliev ishtirok etib, o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

 
Anvar Soliev (“Navbahor” sport direktori): - Bugungi uchrashuvda qimmatli 2 ochkoni yo'qotdik. Bunga esa ehtiyotkorligimiz sabab bo'ldi. Boisi, o'yinni bir nafar hujumchi bilan boshladik. Shunday bo'lsa-da, Darko Nikachda gol urish uchun 3 ta xavfli vaziyat yuzaga keldi. Lekin u vaziyatlardan foydalana olmadi. Uchrashuv yakunlanishiga 30 daqiqa qolganida maydonga ikkinchi forvardni tushirib, hujumkorlikni kuchaytirdik. Lekin futbolchilar yuzaga kelgan vaziyatlardan foydalana olishmadi. Zaxiradan maydonga tushirilgan o'yinchilar, jumladan, Azamat Allaniyozov va Sardor Sulaymonovda ham imkoniyat bo'ldi. Ammo ular ham darvozani ishg'ol eta olishmadi.  Qisqasi, imkoniyatlardan foydalana olmaslik jamoamizga pand berdi. O'z oldiga yuksak maqsadlarni qo'ygan jamoa shunday o'yinlarda g'alaba qozonishi shart edi. Biroq...  

Bugungi durangda barcha murabbiylar shtabining aybi bor. Ushbu bahsdan xulosa chiqarib, keyingi o'yinlarda ijobiy natija qayd etishga intilamiz.

 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Навбаҳор" матбуот хизмати