“Navbahor”, “Neftchi” sobiq futbolchisi “Aral” bilan shartnoma imzoladi

Khoja
30 yanv 2024
“Aral” matbuot xizmati jamoa tajribali futbolchi bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

Yangi mavsumda jamoa sharafini o'tgan mavsum “Turon” safida o'tkazgan A'zam Aliev himoya qiladi.

Futbolchi o'tgan mavsum “Turon” safida 18 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Ma'lumot uchun, 32 yoshli futbolchi faoliyati davomida “Turon”dan tashqari “Navbahor”, “Neftchi”, “Surxon” kabi klublarda faoliyat olib borgan. U Superliga bahslarida 165 ta uchrashuvda maydonga tushgan.


KhojaMuallif
Manba: https://t.me/pfkaral