"Navbahor" "Lokomotiv" bilan o'yinga tayyorgarlikni boshladi

Narzulla Saydullayev
29 fev 2020
Xabaringiz bor, Namanganning “Navbahor” jamoasi Superliga 2-turi doirasida o'z maydonida Toshkentning “Lokomotiv” klubini qabul qiladi.

Mazkur o'yin 6 mart, juma kuni o'tkaziladi. “Lochinlar” ushbu o'yinga tayyorgarlikni bugundan boshlashdi.

Bugungi mashg'ulot “Markaziy” o'yingoh yonidagi zaxira stadioni maydonida o'tkazildi. Mashg'ulotni Andrey Kanchelskis boshchiligidagi murabbiylar shtabi o'tkazdi.

Quyida “lochinlar”ning bugungi mashg'ulotidan olingan fotolavhalarni e'tiboringizga havola etamiz.




“Navbahor” PFK matbuot xizmati.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz