"Navbahor" legioneri Marushich: "O'rtoqlik o'yinlarida hech qachon bunday atmosferada to'p tepmaganman"

Sherzod Nurmatov
7 fev 2022
Turkiya yig'inida qatnashayotgan "Navbahor"ning yangi a'zosi, serbiyalik hujumchi Zoran Marushich saytimiz xodimlariga intervyu berdi.

- Yig'in haqida fikrlaringiz?

- Ob-havo va maydon holati zo'r, yigitlar ham o'zaro juda ahil. Mashg'ulotlar yaxshi tempda davom etmoqda, mavsumga astoydil tayyorgarlik ko'ryapmiz.

- Sobiq klubingiz ("Dinamo" Tbilisi - tahr.) bilan kichik muammo yuzaga kelgandi. O'sha muammo hal qilindimi?

- Hozircha yo'q. Menimcha, bir haftada hal bo'lib qolsa kerak.  

- Bu holat o'zi qanday kelib chiqqandi?

- "1+1" ko'rinishidagi shartnoma "Dinamo" (Tbilisi) tomonidan noto'g'ri tuzilgan ekan. Hozir bu ish bilan advokat shug'ullanmoqda. Tez orada hammasi mening foydamga hal bo'ladi.

- Demak, yangi mavsumni "Navbahor"da boshlaysiz...

- Ha, albatta.

- Ilk taassurotlaringiz qanaqa?

-  Barchasi super!  "Navbahor" safiga qo'shilganimdan xursandman. Jamoa yaxshi shakllangan, jamoadoshlarim ham ajoyib. 

- Siz Namanganda o'rtoqlik uchrashuvlarida qatnashdingiz. O'sha o'yinlarga ancha muxlis keldi. Bu borada nima deya olasiz?

- Juda yoqimli bo'ldi. O'rtoqlik o'yinlarida hech qachon bunday atmosferada to'p tepmaganman. Chempionatda qanday bo'lishini tasavvur qilish qiyin emas. Qo'llab-quvvatlagan namanganliklarga rahmat!



Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia