"Navbahor" G'anixonov bilan shartnoma muddatini uzaytirdi

Sherzod Nurmatov
4 yanv 2022
O'tgan mavsumning davralar oralig'ida "lochinlar" tarkibiga qo'shilgan 20 yoshli mahoratli hujumchi Ibrohim G'anixonov “Navbahor” klubidagi faoliyatini davom ettiradi.

U 2022 yilgi mavsumda “lochinlar” sharafini himoya qiladi. 

Eslatib o'tamiz, G'anixonov 2021 yilgi mavsumda “Navbahor” tarkibida Coca Coca Superliga bahslarida 13 o'yinda maydonga tushib, 341 daqiqa to'p tepgan va 1 ta gol urib, yana 1 ta golga assistentlik qilgan.

"Navbahor" PFK matbuot xizmati


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Навбаҳор" матбуот хизмати