"Navbahor" futbolchisiga OCHL-2018da o'ynaydigan ikki klub qiziqmoqda

Narzulla Saydullayev
10 dek 2017
"Navbahor" bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov yarim himoyachi Azizbek Turg'unboevga O'zbekistonning ikki klubi qiziqayotganini ma'lum qildi.

"Aziz Turg'unboevga “Paxtakor” jiddiy qiziqmoqda. Shu bilan birga unga “Nasaf” ham qiziqish bildirgan", - deydi Ilhom Mo'minjonov o'z intervyusida.

Ma'lumot uchun, Turg'unboev 2017 yilgi mavsumda oliy ligada 29ta o'yinda maydong tushib raqib darvozasiga 8ta gol urishga erishdi. Futbolchi "Nasaf" va "Paxtakor" klublariga qarshi ikkala davrada maydonga tushdi, biroq gol ura olmadi. 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia