

Xabaringiz borki, futbolchi avvaliga tibbiy ko'rikdan o'ta olmaganligi sababli ma'lum vaqt davomida yuzaga kelgan muammoni hal qilish bilan mashg'ul bo'ldi. Milliy olimpiya qo'mitasi qoshida faoliyat yuritayotgan tibbiy markaz xodimlari Choyni chuqurlashtirilgan tekshiruvdan o'tkazishdi. Keyinchalik legioner Respublika kardiologiya markazida ham tekshiruvdan o'tkazildi. Malakali shifokorlar ko'rigidan o'tgan Choyga nihoyat ruxsat berildi. Endilikda futbolchi jamoa safiga qo'shilib mashg'ulotlarda qatnashishni boshlaydi.
