"Navbahor" – "Andijon" o'yinida andijonlik muxlislar uchun chiqarilgan chiptalar deyarli 4 soatda sotib bo'lindi

Alisher
1 okt 2024
5 oktyabr kuni Farg'onadagi "Istiqlol" stadionida "Navbahor" va "Andijon" jamoalari o'rtasida O'zbekiston kubogi finali bo'lib o'tadi.

"Bobur arena" kassalari bugun soat 9:00 dan boshlab chiptalarni sotuvga chiqardi. 13:25 holatiga ko'ra, andijonlik futbol muxlislariga ajratilgan barcha sektorlar uchun chiptalar sotib bo'lindi.


O'zbekiston Kubogi finalini Saudiya Arabistonidan bo'lgan hakamlar boshqaradi

Breaking! FIFA prezidenti Kubok finalini ko'rish uchun Farg'onaga keladi  


AlisherMuallif
Manba: ЎзПФЛ