"Nasaf"ning yangi legioneri Alen Mashovich Qarshiga yetib keldi

Administrator
30 iyul 2022
Futbolchini "Nasaf" muxlislari kutib olishdi.

"Nasaf" klubi bilan shartnoma imzolagan serbiyalik futbolchi Alen Mashovich Qarshi shahriga yetib keldi. Futbolchi Toshkentda tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tgan. 

Alen Mashovichning so'nggi klubi "Vojdovac" bo'lgan edi. U o'tgan mavsum Serbiya Oliy ligasida 23 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urgan.

U shu paytgacha Serbiyaning "Partizan", "Borac" va  "Chukarichki" kabi jamoalarida, shuningdek, Yaponiyaning "Matida Zelviya" klubida faoliyat olib borgan.

Transfermarkt portali futbolchini 250 ming evrga baholagan.


AdministratorMuallif
Manba: "Насаф" матбуот хизмати