“Nasaf”ning OCHLdagi raqibi “Al-Ahli” navbatdagi g'alabani qo'lga kiritdi

Narzulla Saydullayev
5 fev 2015
Nasaf”ning OCHL-2015 guruh bosqichidagi raqibi Dubayning “Al-Ahli” jamoasi BAA Proligasining 14-turi doirasida “Sharja” jamoasini o'z maydonida qabul qildi.
Uchrashuvning birinchi bo'limida darvozalar dahlsizligi saqlab qolindi. Ikkinchi bo'limda Dubayliklar “Sharja” jamoasi darvozasini ikki marta ishg'ol qilishdi. Uchrashuvdagi dastlabki golni yaqinda “Al-Ahli” jamoasi safiga qo'shilgan braziliyalik legioner Everton Ribeyro ikkinchi bo'limda maydonga tushdi va 72-daqiqada gol kiritdi. Ikkinchi golni 16-raqamdagi o'yinchi Karlos Munios 90-daqiqada kiritdi.

Shunday qilib, “Al-Ahli” o'z maydonida muhim g'alabani qo'lga kiritdi va BAA Proligasi turnir jadvalini 6-pog'onasidan 5-pog'onasiga ko'tarilib oldi.

BAA Proligasi 14-tur

“Al-Ahli” – “Sharja” 2:0
Gol:
Everton Ribeyro 72-1:0, Karlos Munios 90-2:0.

“Al-Ahli”: 55.Majid Nosir, 2.Salmon Xamis, 4.Xabib Al Fardan (Everton Ribeyro 60), 5.Volid Abbos (Muhammad Obeid 90+2), 7.Ismoil Al Xamadi, 10.Luis Ximenes, 14.Usamo As Saidi (Xumaid Abbos 88), 16.Karlos Munios, 28.Iyso Santo, 62.Abdulaziz Sanqur, 88.Majid Hasan.

Zahiradagilar: 22.Axmad Muborak Xamad, 8.Everton Ribeyro, 20.Said Axmad, 57.Muhammad Obeid, 70.Volid Husain, 80.Xumaid Abbos, 92.Said Jassim Solih.

Ogohlantirish: Volid Abbos 30.

“Al-Ahli” navbatdagi 15-turda hamyurtimiz Aziz Haydarov to'p surayotgan “Al-Shabab” jamoasi mehmoni bo'ladi. O'yin 8 fevral kuni o'tkaziladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: voha.uz