"Nasaf"ni OCHLdan chiqarib yuborgan futbolchi o'yin vaqti hushidan ketdi

Оқил Абдубарноев
9 apr 2024, 22:22
Birlashgan Arab Amirliklarining "Al Ayn" klubi futbolchisi Sofian Rahimi sog'ligi bilan muammoga duch keldi.

Marokashlik hujumchi mamlakat chempionatining 18-turidan o'rin olgan "Al Nasr"ga qarshi bahs davomida hushidan ketgan.

VIDEO

Keyinroq Rahimi Instagram sahifasi orqali salomatligi yaxshi ekanligini ma'lum qildi.

Eslatib o'tamiz, "Al Ayn" Osiyo Chempionlar ligasining 1/8 finalidan o'rin olgan "Nasaf"ga qarshi bahsda aynan marokashlik futbolchining urgan goli evaziga keyingi bosqichga chiqqandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Ал Араби