"Nasaf" yarim himoyachisi "Bunyodkor"ga o'tishi mumkin

Khoja
28 iyul 2025
Superligada transfer oynasi yakunlanishiga ham bir necha kun qoldi.

"Nasaf" yarim himoyachisi Suhrob Nurulloev faoliyatini Toshkentda davom ettirishi mumkin. Narzulla Saydullaevning xabar berishicha, futbolchi ikkinchi davrani "Bunyodkor"da o'tkazishi mumkin.

Ma'lumot uchun, 27 yoshli futbolchi joriy mavsum "ajdarlar" safida 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 1 tadan gol va assist bor.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia