“Nasaf” yangi futbolchilarni tanishtirdi

Mirjalol Normatov
6 mar 2022
Bugun Qarshi shahridagi Yoshlar markazida Nasaf jamoasi yangi futbolchilarini keng jamoatchilikka tanishtirdi. Mazkur tadbirda Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Murodjon Azimov ham ishtirok etdi.

"Hududlarda odamlar bilan uchrashganimda "Nasaf" ga e'tibor qilishimizni takror va takror so'rashadi. Qashqadaryo deyilsa hammaning ko'z oldida albatta "Nasaf" jamoasi gavdalanadi. Xalq Nasafning chempion bo'lish davri kelganini aytmoqda. Qashqadaryoda tadbirkorlar,klasterlar etarlicha bor. Men vada beraman, mazkur mavsumda "Nasaf"ga homiylikni boshqacha tashkil etamiz. Jamoa rahbariyati menga futbolchilarning takliflarini etkazdi.Jamoa ishtirokidagi har bir bahsni stadiondan kuzataman", - dedi viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Murodjon Azimov.

Ma'lumot uchun, mazkur mavsumda Nasaf uch nafar futbochini o'z tarkibiga qo'shib oldi. Ular;

1. Sharof Muhitdinov  

Tug'ilgan sana: 14.07.1997

Tug'ilgan joyi: O'zbekiston, Jizzax

Millati: O'zbek

Amplua: Yarim himoyachi

O'ynagan jamoalari: “Nasaf”, “Paxtakor”

2. Ivan Solovev  

Tug'ilgan sana: 29.03.1993

Tug'ilgan joyi: Rossiya, Kaluga

Millati: Rus

Amplua: Yarim himoyachi

O'ynagan jamoalari: “Zenit”, “Dinamo-M”, “Dinamo-P”, “Navbahor”

3. Semir Smaylagich

Tug'ilgan yili:18.09.1998.

Fuqaroligi: Bosnia va Gertsegovina

Amplua: Hujumchi

O'ynagan jamoalari: “Saraevo”, “Gorica”, “Mladost Kakan”, “Sloboda Tuzla”, “Astana”,“Qizil Jar”



Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia