

Yodingizda bo'lsa, 6 fevral kuni saytimizda O'zbekiston terma jamoasi a'zosi hisoblangan Aziz Amanovga "Paxtakor" hamda "Nasaf" jamoalari qiziqishayotgani haqida xabar bergan edik.
Eshitdik-da! Aziz Amonovga "Paxtakor" va "Nasaf" qiziqish bildiryapti
"Championat.asia" ma'lumotlariga ko'ra Aziz Amanov "Nasaf"ga o'tdi. Futbolchi kecha "ajdarlar" istiqomat qilayotgan Antaliyadagi "Royal Seginus Hotel"ga kelib joylashgan va bugundan jamoa mashg'ulotlariga qo'shiladi.
Amonov 2022 yilning boshida Toshkentning "Lokomotiv" jamoasidan Eronning "Istiqlol" klubiga ko'chib o'tgandi.




