Superliga. Shalaning so'nggi daqiqalarda urgan goli "Nasaf"ga g'alaba taqdim etdi

Khoja
1 mar 2026
G'uzorda Superliganing 1-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Xorazm" uchrashuvi boshlandi.

19:15. "Nasaf" – "Xorazm" 1:0

Gol: 90 - Adenis Shala

Bosh hakam: Rustam Lutfullin

Yordamchi hakamlar: Sanjar Shoyusupov, Akmal G'iyosov

Zaxira hakami: Jahongir Noraliev

Nazoratchi: Baxtiyor Tagaev

VAR: Doston Rahmonov

AVAR: Shohnur Yo'ldoshev

Komissar: Abdulbosit Valixonov

"Nasaf": 35. Abduvohid Ne'matov, 2. Alibek Davronov, 5. G'olib G'aybullaev ( 32. Quvonch Xushvaqtov, 76), 92. Umarbek Eshmurodov, 17. Murodbek Rahmatov ( 55. Diyor Abdunazarov, 67), 6. Sardorbek Bahromov, 8. Zafarmurod Abdurahmatov, 14. Sharof Muhitdinov ( 80. Davronbek Usmonov, 83), 7. Adenis Shala, 15. Oybek Rustamov, 10. Bobur Abduholiqov.

Zaxira: 33. Bahodir Halilov,23. Dilshod Murtazoev,20. Yusuf Otubanjo, 16. Samandar Murodboev, 4. Akramjon Komilov, 99. Kingsley Sokari.

"Xorazm": 1. Mashhurjon Muhammadjonov, 2. Diyorbek Ortiqboev, 6. Abbosjon Otaxonov, 15. Azizbek Pirmuhammadov, 22. Sunnatulloh Hamidjonov, 25. Matiya Rom, 94. Rustamjon Abduxamidov, 13. Elzio Lohan (9. Jasur Azimov, 78), 96. Rafael Sabino, 10. Yanis Leri (79. Azizjon Ahrorov,78), 97. Boubakar Traore (7. Temurbek Ismailov, 63).

Zaxira: Ravshanbek Sultonov, 80. Farruhjon Ibrohimov, 88. Abror Xo'sinov, 20. Danila Ejov, 77. Asadbek Saitxonov,  33. Nikola Stoshich.

Ogohlantirish: 7 - Abbosjon Otaxonov, 90+2 - Davronbek Usmonov



YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi

Hakam ikkinchi bo'limga uch daqiqa qo'shib berdi

90. GOOOL. Shala uzoqdan kuchli zarba yo'lladi va hisobni ochdi

Uchrashuvning so'nggi daqiqalarida temp ancha pastladi

78. Ahrorov va Azimov maydonga tushdi. Ular Elzio Lohan va Yanis Leri maydoni tark etdi

76 Xushvaqtov maydonga tushdi. U G'aybullaevni alishtirdi

72. Yana bir xavfli zarba. Bu safar Shalaning ajoyib zarbasi ustungga tegmoqda.

67. O'zgarish: Abdunazzarov Rahmatovning o'rniga maydonga tushdi

63. O'zgarish. Traorening o'rniga Ismailov tushdi

58. Ha bugun "Nasaf" juda ko'p va xavfli hujumlarni tashkil etmoqda. biroq ularning hech biri hozircha darvozaga kirishni istamayapti. Bu safar Alibekning uzqodan yo'llagan zarbasiga aniqlik yetishmadi

57. "Nasaf" so'nggi daqiqalarda juda ko'plab vaziyatlarga ega bo'lmoqda. Hujumni Shala boshladi, Sharof esa to'pni markazga uzatdi va keyinchalik Rahmatovning Bahromovga to'pni uzatdi. Biroq yarim himoyachining yaqin masofadan yo'llagan kuchli zarbasi noaniq ketdi

55. Qarshiliklarning navbatdagi hujumini Muhammadjonov qiyinchiliksiz ushlab oldi

54. Muhitdinovning yaqin masofadan kuchli va aniq zarbasini mehmonlar darvozaboni qaytardi



48. Yana Ortiqboev uzoqdan zarba yo'lladi va yana zarba noaniq ketdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

45. Hakam birinchi bo'limdagi to'xtalishlar uchun 1 daqiqa qo'shib berdi

38. QANDAY IMKONIYAT. Hozircha "Nasaf"ning umuman omadi kelmayapti. Shala yaxshi kirib bordi va to'pni Abdurahmatovga uzatdi. Biroq Zafarmurod juda yaqin masofadan noaniq zarba yo'lladi. Hozircha omad xorazmliklarga kulib boqmoqda.

34. Mezbonlar o'z imkoniyatlaridan foydalana olishmayapti. Rahmatovning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi. Hozircha ustunlik biroq qarshiliklarda.

31. "Nasaf" a'zolari juda qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Abduxoliqovning ajoyib uzatmasidan so'ng Rahmatov deyarli 11 metrlik nuqtadan noaniq zarba yo'lladi



26. "Ajdarlar"ning hujumlari asosan qanotdan amalga oshirilayotgan bo'lsa, "tulporlar" o'z hujumlarini asosan markazdan tashkil etishga harakat qilishmoqda.

22. Diyor Ortiqboevning zarbasi juda noaniq ketdi. Xorazmliklarning uchrashuvdagi barcha zarbalari raqib jarima maydonchasining tashqaridan bo'lmoqda

16. Mehmonlardan navbatdagi hujum. Qanotdan uzatilgan to'pni  Yanis Leri o'ziga bo'ysundirishda ozgina noto'g'ri harakat qildi. Bo'lmasa, xorazmliklarda juda qulay imkoniyat bo'lardi

14. Bahromovning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasini xorazmliklar darvozaboni qaytardi. Hozircha jamoalar uzoqdan yo'llangan zarbalarga alohida e'tibor qaratishmoqda

7. Ogohlantirish: Abbosjon Otaxonov ogohlantirildi

7. Rafael Sabinoning uzoq masofadan yo'llagan kuchli va aniq zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi.

2. Mezbonlar uchrashuvni tezkor hujum bilan boshladi. Abdixoliqovning zarbasi ustungga tegdi, qaytgan to'pni esa Abdurahmatov noaniq tepdi

UCHRASHUV BOSHLANDI


KhojaMuallif
Manba: championat.asia