"Nasaf" Turkiyaga uchib ketdi

Omonjon To`xtamirzayev
3 fev 2025
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan "ajdarlar" mashg'ulotlarning so'nggi bosqichini o'tkazish uchun Turkiyaning Antaliya shahriga uchib ketdi.

Bu haqida klub matbuot xizmati xabar bermoqda. 

"Nasaf" 3-26-fevral kunlari Antaliyada mashg'ulot o'tkazib, o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi.


"Nasaf"ning mazkur yig'inga yo'l olgan tarkibi:
Darvozabonlar: Abduvohid Ne'matov, Adhamjon Musulmonov, Oleksandr Vorobey; 

Himoyachilar: G'olib G'aybullaev, Igor Golban, Umarbek Eshmurodov, Bahodir Halilov, Shuhrat Muhammadiev, Sherzod Nasrullaev, Murodbek Rahmatov, Dilshod Murtazaev;

Yarim himoyachilar: Zafarmurod Abdirahmatov, Diyorbek Asomiddinov, Sardorbek Bahromov, Oybek Bozorov, Akmal Mozgovoy, Sharof Muhitdinov, Suhrob Nurulloev, Javohir Sidiqov; 

Hujumchilar: Azizjon Ahrorov, Dragan Cheran, Stefan Golovich, Rubin Xebay, Davronbek Usmonov.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia