"Nasaf" safida olti nafar yangi futbolchi shug'ullanmoqda FOTO FAKT

Narzulla Saydullayev
5 yanv 2018
Qarshining "Nasaf" klubi bugun ham ikki mahal mashg'ulot o'tkazdi.

Ertalabki mashg'ulotda asosan yugurish mashqlari bajarildi. Kechki mashg'ulot "Sputnik" qo'rg'onidagi o'rinbosarlar qarorgohi maydonida bo'ldi.

Serbiyalik hujumchi Dragan Cheran ham bugundan mashg'ulotlarga qo'shildi.

Shuningdek bugun bir qator yangi futbolchilar ham mashg'ulotlarga qo'shilishdi. Quyida "Nasaf" qo'shilgan yangi futbolchilar bilan tanishing


Muqaddam “Sho'rtan” klubida to'p tepgan, hujumchi Jasur Xolto'raev.


“So'g'diyona” jamoasida to'p tepgan, himoyachi - Azamat Isroilov.


“Metallurg” jamoasida faoliyat yuritgan, yarim himoyachi - Murodjon Toshmatov


O'tgan mavsumda Malayziya klubida to'p tepgan, “Mashal” akademiyasi tarbiyalanuvchisi, yarim himoyachi - Sirojiddin Rahmatullaev.


Sanjar Rashidov


 

Jahongir Aliev



Jamoa mashg'ulotlarini muxlislar ham katta qiziqish bilan kuzatib borishmoqda.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz