"Nasaf" Ro'ziqul Berdiev bilan shartnomani uzaytirdi

Aslanov Jasurbek
16 dek 2023
"Nasaf" Ro'ziqul Berdiev bilan shartnomani yangiladi

Nasaf futbol klubi rahbariyati jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev bilan shartnomani uzaytirdi.

Ro'ziqul Berdiev 2024 yilning so'ngiga qadar jamoa bosh murabbiyi lavozimida faoliyat olib boradi. Joriy mavsum Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi "ajdarlar" Superkubok, O'zbekiston Kubogida g'alaba qozonishdi va Superliga kumush medallariga ega chiqishdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Насаф" матбуот хизмати