Uchrashuv nazorat maqomida bo'lsada juda qiziqarli kurashlarga boy bo'ldi. Uchrashuvdagi hisobni dastlab "Nasaf" jamoasining hujumchisi Azamat Allaniyozov ochdi - 1:0. Birinchi bo'lim so'nggi daqiqasida jamoa sardori Artur Gevorkyan mehmonlar darvozasini ishg'ol qilib, hisobni 2:0ga etkazib qo'ydi.
Ikkinchi bo'lim ham murosasiz kurashlar bilan boshlandi. Mezbonlarning navbatdagi hujumining birida "Nasaf" muxlislarining allaqachon yoqimtoyiga aylangan va o'zining chiroyli o'yinlari bilan ancha sog'intirib qo'ygan hujumchi Kenja To'raev darvozaga chamasi 7-8 metrlar o'tkir burchakdan zarba yo'lladi va o'z jamoasining uchinchi goliga mualliflik qildi - 3:0. Kenja To'raev ikkinchi bo'limda maydonga tushgan edi. Nazorat uchrashuvi ana shu hisobda "Nasaf" jamoasining g'alabasi bilan yakunlandi.
Nazorat uchrashuvi.
13 oktyabr 2013 yil. "Markaziy" stadion. Qarshi shahri
"Nasaf" (Qarshi) - "Qizilqum" 3:0 (2:0)
Gollar: Azamat Allaniyozov 20- 1:0, Artur Gevorkyan 45-2:0, Kenja To'raev 78-3:0
Ushbu xabarni tayyorlashda "Nasaf" PFK rasmiy tvitteri sahifasidan foydalanildi.