"Nasaf" o'z darvozaboni bilan shartnomani uzaytirdi

Narzulla Saydullayev
29 dek 2016
Qarshining "Nasaf" klubi posboni Sanjar Quvvatov yana bir yil "ajarlar" sharafini himoya qiladi.

Yil boshida "Mashal"dan "Nasaf"ga o'tgan posbon Eldor Suyunov bilan raqobatda zaxiraga "mixlanib" qolgani yo'q. Quvvatov 13ta o'yinda maydonga tushishga erishdi. Rahbariyat futbolchi bilan kelishuvni bir yilga uzaytirishga qaror qildi. Sanjar bu taklifni qabul qildi, deb xabar bermoqda "Futbol Ekspress" nashri.

Saytimizning Telegram dagi kanaliga obuna bo'ling - telegram.me/championatasia


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia