“Nasaf” oq, mezbonlar qizil rangli futbolkalarda maydonga chiqishadi

Aslanov Jasurbek
20 apr 2015
Bugun bo'lib o'tgan menejerlar mitingida ertangi uchrashuvga oid tashkiliy masalalar muhokama qilindi.

Unga ko'ra 21 aprel kuni o'tkaziladigan uchrashuvda “Nasaf” futbolchilari oq rangli futbolkalarda maydonga chiqishadi. Darvozabonlar esa yashil rangli formalarda harakat qilishadi.

Mezbonlar esa o'zlarinining ananaviy qizil rangli futbolkalarida to'p tepishadi. 

Eslatib o'tamiz, OCHL 5-turidan o'rin olgan “Traktorsoziy” – “Nasaf” uchrashuvi 21 aprel, seshanba kuni Tabriz shahridagi “Yodgori Imom” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 18:30 da boshlanadi.

"Nasaf" matbuot xizmati


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia