"Nasaf" - "Navbahor". Muxtorov va Rashidxonov sobiq jamoasiga qarshi

Narzulla Saydullayev
14 iyun 2020
Xabaringiz bor, bugun Coca Cola Superliga 4-turidan o'rin olgan bahsda “Navbahor” “Nasaf” mehmoni bo'ladi.

Qiziqarlisi, bugun namanganliklar tarkibida qarshiliklarning ikki nafar sobiq futbolchisi maydonga tushadi. Bular – 26 yoshli himoyachi Xurshidbek Muxtorov va 22 yoshli yarim himoyachi Islom Rashidxonov. Ikkala futbolchi ham qishda "Navbahor"ga ko'chib o'tgandi.

Xurshidbek Muxtorov “Nasaf”da 2018-2019 yillar mavsumida, jami 1,5 yil (qarshiliklar safiga 2018 yilning 2-davrasida qo'shilgan), Islom Rashidxonov esa “ajdarlar” tarkibida 2015-2019 yillar mavsumi, yani jami 5 yil davomida o'ynagan.

Bundan tashqari "lochinlar" safida o'ynayotgan O'tkir Yusupov va Igor Golban ham o'z vaqtida "Nasaf"da to'p tepishgan.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Навбаҳор” матбуот хизмати