“Nasaf”- “Lokomotiv” uchrashuvi chiptalari sotuvda

Narzulla Saydullayev
12 avg 2015
O'zbekiston kubogi yarim finalidan o'rin olgan “Nasaf” – “Lokomotiv” jamolari o'yini chiptalari bugun erta tongdan boshlab uchrashuv o'tkaziladigan “Markaziy” stadion kassalarida sotilmoqda.

Klub marketing bo'limi xodimlarining ma'lum qilishicha, uchrashuv uchun doimgidek uch toifada chiptalar sotuvga chiqarilgan. C.I.P.sektorlar uchun chipta narxi 15 ming so'm, sharqiy va g'arbiy minbarlarda joylashgan sektorlar uchun chipta narxi 6000 so'm, shimoliy va janubiy minbarlarda joylashgan sektorlan uchun  chipta narxi 3000 so'm qilib belgilangan.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston kubogi yarim finalidan o'rin olgan ilk o'yin – “Nasaf” – “Lokomotiv” bellashuvi bugun 12 avgust kuni soat 19:30 da “Markaziy” stadionda start oladi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz