"Nasaf" klubi faxriylarga ehtirom ko'rsatdi

Narzulla Saydullayev
8 may 2017
9 may – Xotira va kadrlash kuni munosabati bilan xalkimizning ezgu fazilatlari yanada yorqin namoyon bo'ladi.

Bu fazilat “Nasaf” professional futbol klubiga ham xosdir. Bu kun arafasida urush va mehnat faxriylarini yo'qlash ularga hurmat ko'rsatish, klubimiz ananasiga aylangan. Zero, yoshlikning navqiron chog'larini urush olovlarida, janggohlarda o'tkazib, bugungi tinch va osoyishta hayotimiz uchun kurashgan insonlar jasorati biz uchun juda qadrlidir.

Xotira va qadrlash kuni arafasida, klubimiz nomidan  iqtidorli futbolchilarimiz Odiljon Hamrobekov, Azizjon G'aniev va Bobir Abduxoliqovlar Qarshi shahrida istiqomat qilayotgan urush va mehnat faxriylarining xonadonlariga tashrif buyurishdi. Ularga hurmat va ehtirom bajo keltirishdi. Quyida ana shu tashrif jarayonidan olingan suratlarni e'tiboringizga havola qilamiz.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz