"Nasaf" jamoasi a'zolari Chiroqchidagi 1-BO'SMda bo'lishdi

Aslanov Jasurbek
5 dek 2020
Jismoniy tarbiya va sportni aholi orasida, xususan yoshlar orasida keng targ'ib qilish, istedodli sportchi-yoshlarni erta aniqlash maqsadida joylarda turli sport tadbirlari davom etmoqda

Jumladan, 4 dekabr kuni Chiroqchi tumanidagi 1 – sonli bolalar-o'smirlar sport maktabida Qarshining “Nasaf” futbol klubi jamoasi tashrif buyurdi.   

 Mazkur tadbir Chiroqchi tuman hokimligi, tuman xalq talimi bo'limi, tuman jismoniy tarbiya va sport bo'limi hamda  1- sonli bolalar-o'smirlar sport maktabi tashabbusi bilan tashkil etildi.  “Nasaf” futbolchilarning BO'SM tarbiyalanuvchilari bilan bo'lib o'tgan uchrashuvida bosh murabbiy Ro'ziqul Berdiev hamda  Bobur Abduxoliqov, Oybek Bozorov singari o'yinchilari so'z olib, futbolga oshno bo'lgan bolaning katta sport sari borishida irodani mustahkam bo'lishi, mashg'ulotlarda toblanishi, o'z ustida ishlashi  xususida to'xtalib o'tdi va o'quvchilarning qiziqtirgan savollariga   batafsil javob berishdi. 

Shundan so'ng “Nasaf” futbolchilari o'quvchilar bilan ikki jamoaga bo'linib, master-klass ko'rinishidagi o'yin o'tkazishdi. Mazkur tadbirda  ishtirok etgan   Chiroqchi tuman hokimi Xurram Jo'raev ham “Nasaf” klubining bunday tashrifidan muxlislarning, ayniqsa, o'quvchilarning ko'ngli shod bo'lgani, ularning sportga, futbolga bo'lgan ishtiyoqi  ortganini ta'kidlab o'tdi. Yanayam e'tiborlisi, tadbir so'nggida “Nasaf” jamoasi va tuman hokimligi “3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan tadbirga taklif etilgan nogironligi bo'lgan    bir guruh fuqarolarga nogironlik aravachalari va boshqa qimmatbaho sovg'alar o'lashdi. Bundan tashqari BO'SM tarbiyalanuvchilari ham “Nasaf”ning turli sport jihozlaridan iborat sovg'alariga ega bo'lishdi.


Ilhom RAHMONOV tayyorladi   


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia