"Nasaf" futbolchisi jamoani tark etdi

Narzulla Saydullayev
5 iyun 2023
Qarshining "Nasaf" klubi yarim himoyachisi Shohmalik Komilov faoliyatini boshqa klubda davom ettiradi.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, Komilov "Nasaf" bilan xayrlashgan va ikkinchi davrani boshqa klubda boshlaydi.

Ayni paytda uning xizmatlariga Superliganing 2-3 klubidan qiziqish bor. Eng jiddiy qiziqish Yaypanning "Turon" klubidan.

Ma'lumot uchun, Shohmalik Komilov bu mavsum "ajdarlar" safida barcha musobaqalarda 5ta o'yinda maydonga tushdi va 1ta gol urdi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia