

Undan tashqari ishchi guruh Nasaf futbol maktabining faoliyatini o'rgandi.
O'zingizga ma'lum, futbol maktabimiz bosh jamoamiz hamda yurtimizning turli yoshlardagi terma jamoalariga futbolchilar etkazib bermoqda. Bunga birgina misol qilib Tailand davlatida bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida ishtirok etgan to'qqiz nafar futbolchilarimizni keltirib o'tishimiz mumkin. Bular: Oybek Bozorov, Bobir Abdixoliqov, Sherzod Nasrullaev, Azizjon G'aniev, Sharof Muhitdinov, Abduvohid Ne'matov, Dilshod Saitov, Islom Kenjaboev, Ilhom Alijonov.
4 fevral kuni OFK Nasaf hamda Bunyodkor akademiyalariga ikki yulduzli, Andijon futbol maktabiga bir yulduzli maqomi berilganligi bo'yicha rasmiy hujjatni e'lon qildi.
Ma'lumot uchun, Osiyo davlatlari orasida uch yulduzli maqomga faqatgina Qatar davlatining “Espayr” akademiyasi ushbu maqomga ega hisoblanadi.




